1-aprel kuni Buxoroda "Nasriddin Afandi" an'anaviy festivali bo‘lib o‘tdi

Foto || 04-Apr-2025 15:26 || 11

📅 2025-yil 1-aprel kuni Buxoro shahrining tarixiy qismida hazil va quvonchga boy “Nasriddin Afandi” festivali bo‘lib o‘tdi. Bayram xalq og‘zaki ijodi, milliy madaniyat va qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil qilindi.

Festival doirasida folklor-etnografik ansambllarning badiiy chiqishlari, milliy ashula va raqslar, lapar va aytishuvlar, shuningdek, kulgi va mutoyibaga boy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, festival mehmonlari uchun amaliy san’at ustalarining ijod namunalaridan iborat ko‘rgazmalar, ommaviy sayllar va ko‘ngilochar dasturlar taqdim qilindi.

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi mazkur festivalda faol ishtirok etgan barchaga minnatdorlik bildiradi. An’anaviy bayram keyingi yillarda ham davom etishi kutilmoqda.

1-aprel kuni Buxoroda "Nasriddin Afandi" an'anaviy festivali bo‘lib o‘tdi
1-aprel kuni Buxoroda "Nasriddin Afandi" an'anaviy festivali bo‘lib o‘tdi
1-aprel kuni Buxoroda "Nasriddin Afandi" an'anaviy festivali bo‘lib o‘tdi
1-aprel kuni Buxoroda "Nasriddin Afandi" an'anaviy festivali bo‘lib o‘tdi
1-aprel kuni Buxoroda "Nasriddin Afandi" an'anaviy festivali bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash