Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga keng imkoniyat yaratish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va san’atini keng ommaga targ‘ib qilish – bu bugungi madaniy hayotimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi iqtidorli yosh ijrochilar uchun yangi sahnalar ochilmoqda.
Ana shunday imkoniyatlardan biri — “Assalom, Buxoro” tonggi teledasturi bo‘lib, bu loyihada yoshlarga o‘z san’atini omma oldida namoyon etish imkoniyati yaratilmoqda. Har bir chiqish, har bir sahna — bu yosh iste’dodlar uchun katta tajriba va ruhiy ko‘tarinkilik demakdir.
Navbatdagi dasturda ham Buxoroning iqtidorli yoshlari o‘z ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, san’atga mehr bilan yondashayotgan iste’dodli o‘quvchi Nuroy Baxtiboyeva o‘zining yoqimli ovozi va sahnadagi erkin harakatlari bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Yosh ijodkorning tayyorlanishida tajribali o‘qituvchi, san’atga mehrli murabbiy Jansaya Qilichovaning hissasi beqiyos bo‘ldi.
Ijodiy chiqish davomida o‘quvchining ijrosi tomoshabinlarda iliq taassurot uyg‘otdi. Ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar sahna madaniyati bilan uyg‘unlashib, yosh ijrochining iste’dodini yorqinroq namoyon etdi.
Bunday tashabbuslar yoshlar qalbidagi san’atga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlab, ularni yanada yuksak maqsadlar sari ruhlantiradi. Viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday loyihalar — yosh iste’dodlar uchun katta sahnalarga yo‘l ochuvchi muhim zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yosh ijodkorlarga berilgan e’tibor va imkoniyatlar – bu kelajakda ulkan san’at yutuqlariga zamin yaratadi.